Bepul konsultatsiya

IT-yechimlar va reklama studiyasi · Toshkent

Biznesingiz
hali ham
daftardami?
Tizimga o'tkazamiz.

CRM, ERP, Telegram bot, biznes sayt, mobil ilova va promo roliklar — bir jamoada. Minimal xarajat, tez ishga tushirish va aynan sizga mos yechim.

6 ta xizmatbir jamoada
Bepulkonsultatsiya
UZ · RUikki tilda
24 soatichida javob

Tanish manzara?

Har bir muammoning o'z yechimi bor

Xizmatlar

Dastur, sayt, bot va reklama — bir joyda

Hammasi bir-biriga ulanadi: sayt va botdan kelgan ariza CRM'ga tushadi, ombor ERP'da yangilanadi.

Quyidagi oynalar rasm emas. Hammasi brauzeringizda jonli ishlayapti.

Yondashuv

Sizga hammasi shart emas.

Avval biznesingizni o'rganamiz, keyin faqat foyda beradigan narsani taklif qilamiz. Ba'zan to'liq tizim emas, oddiy Telegram bot yetarli bo'ladi — buni ochiq aytamiz.

Menga nima kerak?

Masalan — biznesingizni tanlang

Har bir biznes alohida ko'rib chiqiladi — bular faqat namunalar.

Hammasi bir-biriga ulanadi

Bitta buyurtma. To'rtta tizim. Inson qo'lisiz.

Aylantiring — kod yozilib, ishga tushadi

Qanday ishlaymiz

Konsultatsiyadan ishlaydigan tizimgacha

  1. 01

    Bepul konsultatsiya

    Biznesingizni o'rganamiz: qayerda vaqt va pul yo'qolayotganini topamiz.

  2. 02

    Yechim va narx

    Sizga mos yechimni taklif qilamiz. Narx va muddat ish boshlanishidan oldin kelishiladi.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Bosqichma-bosqich quramiz va har bosqichni sizga ko'rsatib boramiz.

  4. 04

    Ishga tushirish

    Tizimni ishga tushiramiz va xodimlaringizga qanday ishlashni ko'rsatamiz.

Ishlab turgan loyihalar

Gap emas — ishlab turgan tizimlar

Bu sayt ham — namuna

Bu yerda bitta ham tayyor shablon yo'q.

Har bir harakat kod bilan yozilgan. Biznesingiz tizimiga ham shu darajada e'tibor beramiz.

Promo roliklar

Har bir kadr — kod bilan chizilgan

Bu roliklar uslub va sifatni ko'rsatish uchun o'ylab topilgan namuna brendlar uchun tayyorlangan. Videoga bosing — ovoz bilan ko'rasiz.

Kodsiz Studio reklamasidan kadr: Biznesingiz hali ham daftardami? O'zimiz▶ 30 s

Kodsiz Studio

IT xizmatlar · target reklama

LIBOS kiyim do'koni aksiyasi reklamasidan kadr Namuna▶ 15 s

LIBOS

Kiyim do'koni · aksiya −30%

Ilm Academy IELTS natijalari infografikasidan kadr Namuna▶ 18 s

Ilm Academy

O'quv markazi · natijalar

Tabassum stomatologiya reklamasidan kadr Namuna▶ 15 s

Tabassum

Stomatologiya · xizmatlar

Hamkorlik formatlari

Kichikdan boshlang, keyin kengaytiring

Narx vazifaga bog'liq — bepul konsultatsiyada aniq aytamiz. Faqat kerakli narsaga to'laysiz.

Tez boshlash uchun

Bitta yechim

Bitta aniq muammoni hal qiladi.

  • Telegram bot, biznes sayt yoki reklama video
  • Eng tez ishga tushadigan format
  • Keyin tizimga kengaytirish mumkin
  • Masalan: buyurtma qabul qiluvchi bot

Narx — vazifaga qarab, konsultatsiyada aytamiz.

Muhokama qilish
Tartib kerak bo'lsa

Biznes tizimi

Mijozlar, buyurtmalar yoki ombor — bitta tizimda.

  • CRM yoki ERP — biznesingizga moslab
  • Telegram bot va sayt bilan ulanadi
  • Bosqichma-bosqich ishga tushadi
  • Xodimlaringizga qanday ishlashni ko'rsatamiz

Narx — vazifaga qarab, konsultatsiyada aytamiz.

Muhokama qilish
O'sish uchun

To'liq raqamlashtirish

Tizim, mijoz kanallari va reklama — bir jamoadan.

  • CRM yoki ERP + sayt yoki mobil ilova
  • Telegram bot — buyurtma va javoblar uchun
  • Reklama videolari bilan yangi mijozlar
  • Hammasi bir-biriga ulangan

Narx — vazifaga qarab, konsultatsiyada aytamiz.

Muhokama qilish

Reklama videolari

Bu yerda narx oldindan ma'lum. Preview 72 soatda, 2 marta bepul tahrir.

Start1 ta reels, 15–30 soniya · 50% oldindan 1 190 000 so'mBuyurtma → Oylik 4Oyiga 4 ta reels, o'zbek va rus tilida 3 900 000 so'm / oyTanlash → Oylik 8Oyiga 8 ta reels, A/B test va oylik hisobot 6 900 000 so'm / oyTanlash →
Logo animatsiya — 690 000 so'm Diktor ovozi (rus tilida) — 250 000 so'mdan Ilova promo, explainer roliklari — 9,9 mln so'mdan

Bepul konsultatsiya

Biznesingizga nima kerakligini birga aniqlaymiz

  • Jarayonlaringizni o'rganamiz: qayerda vaqt va pul yo'qolyapti
  • Aynan nima kerakligini aytamiz — ortiqchasini emas
  • Narx va muddatni oldindan aytamiz
  • Hech qanday majburiyat yo'q

Telegram qulayroqmi? @KodsizSotuvBot'ga yozing — 6 ta qisqa savol.

Yoki qo'ng'iroq qiling: +998 94 787 72 72

So'rov qoldiring

24 soat ichida bog'lanamiz. Ma'lumotlaringiz hech kimga berilmaydi.

Nega Kodsiz Studio

Minimal xarajat. Maksimal tezlik.

Minimal xarajat

Faqat kerakli narsaga to'laysiz

Ortiqcha modul va keraksiz funksiya yo'q. Kerak bo'lsa, keyin qo'shamiz.

Tez ishga tushirish

Avval eng muhimi

Eng kerakli qismni birinchi ishga tushiramiz — natijani tezroq ko'rasiz.

Sizga mos yechim

Shablon emas

Tizimni sizning jarayoningizga moslab quramiz, aksincha emas.

Bir jamoa

Hammasi bir-biriga ulanadi

Dastur, sayt, bot va reklama bir joyda — alohida-alohida qidirish shart emas.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Narxi qancha turadi?

Narx vazifaga bog'liq: oddiy Telegram bot bilan to'liq ERP tizimining narxi har xil. Bepul konsultatsiyadan keyin aniq narx va muddatni aytamiz va ish boshlanishidan oldin kelishamiz. Reklama videolari narxi saytda yozilgan.

Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Muddat ham vazifaga bog'liq. Eng kerakli qismini birinchi ishga tushiramiz, shuning uchun natijani tezroq ko'rasiz. Aniq muddat ish boshlanishidan oldin kelishiladi.

Menga nima kerakligini bilmasam-chi?

Shuning uchun konsultatsiya bepul. Biznesingiz qanday ishlashini aytasiz, biz eng ma'qul va tejamkor yechimni taklif qilamiz. Ba'zan to'liq tizim emas, oddiy Telegram bot yetarli bo'ladi — buni ochiq aytamiz.

Tayyor dasturlardan farqi nima?

Tayyor dasturda biznesingizni dasturga moslashtirasiz. Biz esa tizimni sizning jarayoningizga moslab quramiz va faqat kerakli qismlarni qilamiz.

Ishga tushgandan keyin nima bo'ladi?

Xodimlaringizga tizimda qanday ishlashni ko'rsatamiz. Keyin o'zgartirish yoki yangi funksiya kerak bo'lsa, kelishuv asosida qo'shib beramiz.

Promo rolik qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Preview 72 soat ichida keladi, ikki marta bepul tahrir narx ichida. Paketlar va narxlar yuqorida.

Rus tilida ham ishlaysizlarmi?

Ha, o'zbek va rus tilida. Sayt, bot va ilovani ikki tilda qilish mumkin.

Siz — kodsiz. Kodni biz yozamiz.